Toshkent shahridagi Inha universitetining 10 nafar talabalari Koreya Respublikasidagi Inha universitetining 2022-yilning 31-iyulidan 20-avgustiga qadar davom etadigan yozgi maktabida ishtirok etmoqdalar.
Talabalar o’zlarining turli loyihalari bilan faol ishtirok etib kelgan va eng yaxshi natijalarni ko‘rsatganlar orasidan tanlab olindi.
Janubiy Koreyadagi uch haftalik yozgi “Inha yozgi maktabi” dasturi koreys tili, koreys madaniyati seminarlari, koreys kinosi, Koreyada ishbilarmonlik muloqoti, koreys raqsi orqali koreys madaniyatini o‘rganish, K-Drama orqali koreys tili va K-POP-drama orqali Koreys madaniyatlarini o’rganish, shuningdek, Koreya biznesi va iqtisodiyoti kabi turli yo‘nalishdagi darslarni o‘z ichiga oladi. Dasturda Koreya Respublikasining turistik diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishlarni ham o’z ichiga olgan.
Shuningdek, talabalar Koreya Respublikasining madaniyati va sayyohlik joylari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.
Qayd etish joizki, yozgi maktab dasturida dunyoning turli universitet talabalari ham qatnashadi. Bu o‘zbekistonlik talabalarga yangi do‘stlar topish, shuningdek, boshqa xalqlarning madaniyati va an’analarini o‘rganish imkonini beradi.
Eslatib o’tamiz, bu yil Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Koreya Respublikasidagi Inha universitetining yozgi maktab dasturida oltinchi bor qatnashmoqda.