TshIU talabalarining Gruziyadagi kiberxavfsizlik bo’yicha qishki lageriga sayohati yakunlandi

18-25 yanvar kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetining bir guruh talabalari TshIU delegatsiyasi tarkibida Scientific Cyber Security Association (Bakuriani, Gruziya)da tahsil oldilar.
Ushbu qishki lagerda TshIU talabalari kiberxavfsizlik va axloqiy xakerlik (International Cyber camp «Ethical hacker») bo’yicha intensiv amaliy mashg’ulotlar dasturi bo’yicha kiberxavfsizlik sohasidagi yetakchi professorlar tomonidan o’qitildi.
Dastur doirasida ishtirokchilar bir qancha yo‘nalishlarda faol ishladilar, jumladan:
– foydalanuvchi xavfsizligi;
– tarmoq xavfsizligi;
– kriptografiya;
– veb-xavfsizlik;
– xavfsiz dasturlash.
Shuningdek, oʻquv dasturi TshIU talabalarining veb-xavfsizlik boʻyicha CTF turnirida ishtirok etishi, kriptografiya boʻyicha loyiha ishlarini topshirishi va xakaton oʻtkazilishini o’z ichiga oldi. Kurs yakunida International Cyber Camp “Ethical hacker” ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, TshIU va Scientific Cyber Security Association o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.