TShIUda Talabalar uyushmasi prezidenti lavozimiga nomzodlar bilan suhbat natijalar aniq bo’ldi.

2022-yil 29-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida TShIU talabalar uyushmasi prezidenti saylovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Xususan, universitet prorektorlari Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalar uyushmasi prezidenti lavozimiga nomzodlar bilan ingliz, rus va o’zbek tillarida og‘zaki suhbat o‘tkazdilar. Talabalarga ularning maqsadlari va oldiga qo’ygan rejalari haqida savollar berildi.
Intervyu yakunida 9 ta nomzoddan 3 ta talaba keyingi bosqichga loyiq ko’rildi.
Xususan:
1. Fozilov Fayyozbek Farruhovich (4-bosqich talabasi)
2. Maʻmurov Jasurbek Xusanboyevich (3-bosqich talaba)
3. Ahmedova Nigora Asqar qizi (2-bosqich talabasi)
2-bosqichga o’tgan nomzodlar Dushanba (3-oktabr) dan boshlab tashviqot ishlarini olib borishi mumkin.