Universitet bitiruvchilari nufuzli xorijiy universitetda Sun’iy Intellekt sohasida o‘qish uchun grant yutib oldilar

2022-yil aprel oyida Toshkent shahridagi Inha universitetining ikki nafar bitiruvchisi – Amirbek Djanibekov va Jonibek Mansurov barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tib, AI (Artificial Intelligence) sohasidagi birinchi tadqiqot universiteti – Sun’iy intellekt universitetining (BAA Abu-Dabi) the Master of Science Degree Program in Natural Language Processing – magistratura bosqichiga o‘qishga kirishdi.
Amirbek va Jonibek o’qish, turar joy va universitetda o’qishning butun davri uchun stipendiyani o’z ichiga olgan to’liq MBZUAI stipendiyasini qo’lga kiritishdi.
TshIUning ikkala bitiruvchisi ham tabiiy tillarni qayta ishlash, mashinani o’rganish va sun’iy intellekt bilan bog’liq boshqa fanlar bo’yicha uzluksiz ta’lim kurslarini olishadi. Ular Professor Erik Xing (//mbzuai.ac.ae/study/faculty/professor-eric-xing), Professor Timoti Baldving ( //mbzuai.ac.ae/study/faculty/professor-timothy-baldwin) va yana boshqa jahon darajasidagi professorlar boshchiligida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boradilar.
Amirbek va Jonibekni tabriklaymiz va ularga muvaffaqiyatlar tilaymiz!