2022-yil O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ladi

2022-yil O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ladi. Ushbu muhim voqeani nishonlash maqsadida 30-sentabr (juma) kuni Tashkent2 King Sejong Institute IUT madaniy festivalga mezbonlik qiladi.

Tadbir davomida:
1. Koreys an’anaviy taomi “hansik” va o‘zbek milliy oshxonasining go‘shasi
2. Raqs dasturlari
3. Koreys va o‘zbek milliy liboslari bilan tanishish
4. K-pop kumirlari ishtirokidagi foto zona
va boshqa ko’plab qiziqarli tadbirlar

Vaqti va o’tkazilish joyi: TShIU, B-Blok, 304
15:00 ~ 17:00

Umid qilamizki, ushbu tadbir davomida xalqlarimiz o‘rtasida unutilmas, o‘ziga xos muhit va mustahkam aloqalar yaratiladi.

Sizni kutyapmiz!