Bolalar saratoni haqida xabardorlik oyi

10-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida bolalar saratoni haqida ijtimoiy ma’ruza tashkil etildi.
Ma’ruza davomida onkologiya markazi vakili saratonning turlari, paydo bo‘lish sabablari va oldini olish haqida so’zlab berdi.
Bolalar saratoni haqida xabardorlik oyligi – saraton muammosi haqidagi bilimlarni tarqatishga bag’ishlangan tadbirlar to’plami.
Oy davomida quyidagi tadbirlar o‘tkazildi:
1) Xayriya futbol o’yini 9-12 dekabr
2) 10-dekabr kuni saraton kasalligi haqida taqdimot
3) 29 -noyabrdan 9-dekabrgacha ijodiy tanlovlar
4) 25-dekabr kuni saraton markaziga tashrif