Toshkent shahridagi Inha universiteti delegatsiyasi OKMKga tashrif buyurdi

8-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti delegatsiyasi Olmaliq shahriga tashrif buyurdi hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati va xodimlari bilan uchrashdi.
Tashrif doirasida ilgari Toshkent shahridagi Inha universitetida bu yo’nalish bo’yicha kurslarda o’qigan OKMKning 4 nafar talabasiga Oracle sertifikatlarini topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Shuningdek, tadbir davomida OKMK xodimlarining universitet 4-kurs talabalari bilan suhbatlari bo’lib o’tdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti delegatsiyasi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiS filiali, yangi «Yoshlik» kareri, shuningdek «Metallurg» madaniyat markazlariga ham tashrif buyurdi.

Apply Now! (Foreign) Apply Now! (Domestic) Telegramda murojat Qo'ng'iroq qiling!