Toshkent shahridagi Inha universiteti “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazadi

 
Toshkent shahridagi Inha universiteti maktab o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari, hamda ularning ota-onalari uchun “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazadi.
 
Bu yil Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati “Ochiq eshiklar kuni”ni 2019 yilning 16 martda  o‘tkazadi.
 
“Ochiq eshiklar kuni” Ziyolilar ko‘chasi 9 manzildagi Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida soat 10.00da boshlanadi. 
 
“Ochiq eshiklar kuni” davomida tashrif buyuruvchilar universitet, hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.
 
Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari abituriyentlar, hamda ota-onalarning barcha savollariga batafsil javob qaytaradi.