Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari talaba yoshlar festivalida ishtirok etishdi

 

17-19 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 5 ta yirik tashabbus doirasida «Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon!» shiori ostida Respublika talaba- yoshlar festivali bo’lib o’tmoqda.

2019 yil 18 oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Prezidentning uchinchi tashabbusi – aholi va yoshlar tomonidan kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo’yicha «Turkiston» san’at saroyida bo’lib o’tgan IT-ko’rgazmada faol ishtirok etdilar. Talabalarning loyihalari festival ishtirokchilarida katta qiziqish uyg’otdi.