Toshkent shahridagi Inha universitetida Nigeriya futbolchilari tomonidan mahorat darslari o’tkazildi

 

Nigeriya futbolchilari Toshkentga kelib,poytaxtimizdagi Inha universiteti talabalari uchun ochiq mashg’ulotlar o’tkazishdi.

Joriy yilning 2-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga Emmanuel Babayaro, Jozef Dosu, Paskal Chinonko va Egaga Bunor kabi Nigeriyalik to’rt nafar mashhur futbolchi tashrif buyurdi. Sportchilar uchun mahorat darslar esa universitetning uy stadionida murabbiy B.Sultonov rahbarligida bo’lib o’tdi.

– O’zbekiston Respublikasi Pezidenti Sh.Mirzoyoyev tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusining ikkinchi yo’nalishi yoshlarning jismoniy chiniqtirish, ularning sportda o’z qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Mashg’ulot shaklida o’tkazilgan mahorat darsi Inha talabalari orasida katta qiziqish uyg’otdi ”, deya qo’shimcha qildi murabbiy.