AQShdan kelgan startap investori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2022-yilning 13-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalarning amerikalik startap investori Kevin Koym bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Kevin Koym startaplar haqida foydali ma’lumotlar bilan bo’lishdi, shuningdek, O‘zbekistonda hozirda IT-loyihalarni rivojlantirish uchun ideal sharoitlar mavjudligini ta’kidladi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Kevin Koym – taniqli IT-tadbirkor va investor. Ilgari Apple’da Stiv Jobs bilan birga ishlagan.