Birlashgan Arab Amirliklari va “Udacity” kompaniyasining mutaxassislaridan iborat guruh tashrif buyurdi

 

3 noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga Birlashgan Arab Amirliklari va “Udacity” kompaniyasining mutaxassislaridan iborat guruh tashrif buyurdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning mart oyidagi Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlarga erishilgan,shuningdek, BAA va O‘zbekiston hukumatining delegatsiyasi o‘rtasida bilim va tajriba almashuvi orqali strategik hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.
3-4-noyabr kunlari mutaxassislar universitetda tez orada boshlanishi rejalashtirilayotgan yirik xalqaro loyihaning 100 nafar murabbiylari uchun treninglar o’tkazishadi.