ByeSkills kompaniyasining delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi

30 iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga ByeSkills kompaniyasining delegatsiyasi tashrif buyurdi. Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalov kompaniya vakillarini universitetning ilmiy faoliyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi. Shuningdek, ta’lim dasturlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish istiqbollarini taqdim etdi.
 
ByeSkills – Belarus Hi-Tech Parkining rezidenti. Kompaniyaning asosiy faoliyati AT va biznes boshqaruvi sohasida onlayn kurslarni yaratishdir.