“Inha Summer School 2022” (Korea)

25-iyul kuni TShIUda Universitet rahbariyati va talabalar o‘rtasida “Inha Summer School 2022” dasturi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad talabalarga dastur haqida to‘liqroq ma’lumot berish va ularni qiziqtirgan savollarga javob berish edi. Bundan tashqari, talabalarga sayohat rejalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Qayd etish joizki, Inha yozgi maktabi 2022 dasturida turli loyihalarda eng faol ishtirok etgan va eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan talabalar orasidan tanlab olindi.