IUTda Google Cloud Study Jam boʻyicha trening boʻlib oʻtdi

6 aprel. Toshkent shahridagi Inha universitetida Google Cloud Study Jam boʻyicha rasmiy trening boʻlib oʻtdi.
 
Tadbir ishtirokchilari Google Cloud bilan ishlash asoslarini o‘zlashtirib, laboratoriya topshiriqlari ustida ishladilar.
Topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajargandan so‘ng, har bir ishtirokchi Google tomonidan maxsus nishon bilan taqdirlandi va ta’lim platformasiga qo‘shimcha 30 kunlik kirish huquqiga ega bo‘ldi.