Janubiy Koreya delegatsiyasi TShIUga tashrif buyurdi

2021-yilning 3-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga Jungseok Inha ta’lim jamg‘armasi raisi, fan doktori – Xyun Jong Taik boshchiligidagi Janubiy Koreyadan kelgan mutaxassislardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Toshkent shahridagi Inha universiteti rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar hamkorlik rejalarini muhokama qildilar. Mehmonlar uchun TShIU binosiga sayohat ham tashkil etildi.