“O‘zbekkosmos” agentligi TshIUda talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi

2022-yilning 10-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “O‘zbekkosmos” agentligi xodimlarining talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida TshIU talabalari “O‘zbekkosmos” faoliyati va ushbu agentlik tomonidan talabalar uchun taqdim etilayotgan dasturlar bilan tanishdilar. Shuningdek, tadbir davomida biznes-inkubatsiya dasturi va yo’nalishlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari, uchrashuv doirasida savol-javob, talabalar bilan suhbat o‘tkazildi.