TIUda Angular Meetup ishlab chiquvchilarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

13 fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Angular Meetup ishlab chiquvchilarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 
 
Angular – bu ochiq boshlang‘ich kodli JavaScript-freymvork. Bir sahifali ilovalarni ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan. Uning maqsadi MVC-shabloni asosidagi brauzerli ilovalarni kengaytirish, shuningdek sinash va ishlab chiqishni soddalashtirishdan iborat. 
 
Spikerlar sifatida Doniyor Yusupov (Quanto), Ismoil Solixo‘jayev (Symbiotries.inc), Aleks Kulagin (Shtrihpunktir ream) va Alisher Nuritdinov (Inspired) so‘zga chiqdi.
 
 Uchrashuv davomida spikerlar “Loyiha tarkibini tashkil qilish”, “Angular dagi yo‘naltirish”, “Oqimlar bilan ishlash va asosiy xatolar” hamda “Angular dagi reaktiv shakllar” kabi mavzularni ko‘rib chiqdi.
 
TIU talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.