Toshkent shahridagi Inha universiteti InnoWeek-2020da ishtirok etadi

 

InnoWeek.Uz xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligi 3-8 noyabr kunlari bo’lib o’tadi!

Bu yil O’zbekistonda birinchi marta har yili o’tkaziladigan Xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligi noyob virtual platformada onlayn tarzda o’tkaziladi.

Sizni Toshkent shahridagi Inha Universitetining virtual stendiga tashrif buyurishga taklif qilamiz, u yerda siz fakultetlar, o’quv xonalarining zamonaviy jihozlari, universitet imkoniyatlari bilan ta’minlangan innovatsion laboratoriyalar bilan batafsil tanishishingiz, shuningdek, o’zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizni berishingiz mumkin. Ma’lumotlar o’zbek, ingliz va rus tillarida taqdim etiladi.

Forumda biznesni rivojlantirish, startaplar va turli sohalarda sun’iy intellektdan foydalanish mavzulari yoritiladi.

InnoWeek.Uz – kelajakdagi texnologiyalar, innovatsiyalar va ilg’or g’oyalar sohasidagi noyob voqea.

✔️ Ro’yxatdan o’tish uchun havolaga o’ting: //show.innoweek.uz/auth/register