Toshkent shahridagi Inha universiteti «O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumi»da qatnashmoqda

2021 yil 29-30 iyun kunlari poytaxtimiz hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida tashkil qilingan » O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumi» Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu «Yoshlar kuni»ga to‘g‘ri kelgan tadbirda Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati va 30dan ortiq talabalari ishtirok etishdi.
 
IT yo‘nalishidagi maxsus ajratilgan pavilonda TIUning  uch nafar talabasi (Sulaymonqulov O‘tkir, Raximboyev Sarvarbek, Eshonxo‘jayev Javlonxo‘ja) o‘zlarining innovatsion IT-loyihalarini namoyish etdilar