Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi maktab o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan itegratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-son qarorining mazmun mohiyati va ahamiyati yuzasidan Toshkent shahridagi Inha universiteti 2020-2021 yillarda viloyatlar va Toshkent shahridagi umumta’lim maktablari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.
Xususan, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori
v.b. M.Djalalov joriy yilning 1 dekabr kuni Toshkent shahridagi Bektemir tumanida joylashgan 289-sonli va 290-sonli umumta’lim maktablari hamda Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida joylashgan 3-sonli umumta’lim maktabi bilan yaqindan aloqalar o‘rnatish maqsadida tashrif buyurdi.
Tashrif davomida maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. O‘tkazilgan uchrashuvlarda o‘qituvchi va o‘quvchilarga IT cohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishda universitet yaqindan ko‘mak berishga tayyor ekanligi ta’kidlandi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. M.Djalalov IT sohasini o‘rganish bo‘yicha, Toshkent shahridagi Inha universitetida tashkil etilgan maktab o‘qituvchilari uchun malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etishlari aytib o‘tildi. Maktab o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasalariga kirish reytingini ko‘tarish, ularga onlayn tarzda o‘quv kurslari tashkil etiladi. Universitetning kitob fondi va axborot resurs markazidan foydalanishlari, ma’lumotlar almashish imkoniyati yaratilgani aytildi.
“Zamonaviy texnologiyalar bir joyda to‘xtab turmaydi. Hozirgi kunda zamonaviy texnologiyalarni o‘rganib, kelajakda yurtimizni rivojlantirishga o‘zini hissasini qo‘shadigan IT cohasi bo‘yicha yetuk kadrlar bo‘lib yetishasiz degan umiddaman” deb o‘quvchilarga ta’kidlab o‘tdi.
Hozirgi vaqtda tashkil etilgan o‘quv seminar va malaka oshirish kurslari 2020 yilning dekabridan 2021 yilning yanvar oyiga qadar davom etadi. Faol ishtirok etgan o‘qituvchilarga maxsus sertifikatlar taqdim etilishi belgilangan.