Toshkent shahridagi Inha universitetida mahalla yoshlari va bitiruvchi o‘quvchilar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 13 aprel kuni «Yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish» borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida mahalla yoshlari bilan uchrashuv va turli mavzulardagi davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
 
Xususan, Toshkent shahridagi Inha universitetida mahalla yoshlari va bitiruvchi o‘quvchilarni oliy ta’limga qiziqishlarini oshirish maqsadida, 2021 yil 22 aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Gulsanam» mahallasida joylashgan 121-sonli maktab bitiruvchi o‘quvchi yoshlari bilan davra suhbati tashkil etildi.
 
Tadbirda universitet prorektori T.Tursunmuratov va tegishli bo‘lim xodimlari ishtirok etib, universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, o‘qishga kirish tartibi, qabul jarayonlari, universitetda yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan to‘garaklar haqida ma’lumotlar berildi. Uchrashuv so‘ngida o‘quvchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olindi.
 
Davra suhbatidan so‘ng o‘quvchilar universitet bo‘ylab ekskursiya qilishdi. Yoshlar uchun ushbu uchrashuv va ekskursiya katta taassurot qoldirdi.