Toshkent shahridagi Inha universitetida Sturgeon Capital vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Toshkent shahridagi Inha universitetida Sturgeon Capital vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

2021-yil 7-oktabrda Toshkent shahridagi Inha universitetida Sturgeon Capital Ltd investitsion kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv universitet rektori, xodimlari, hamda Sturgeon Capital tomonidan bir yillik ta’lim granti olgan Toshkent shahridagi Inha universitetining 3 -bosqich talabasi – Malika Kurmaeva ishtirokida bo’lib o’tdi. Ta’kidlash joizki, ushbu kompaniya gender tengligi g’oyasini qo’llab-quvvatlaydi. Shu munosabat bilan,Toshkent shahridagi Inha universitetining faqat talaba qizlari ta’lim granti uchun qatnashishlari mumkin edi, natijada M. Kurmaeva g’olib bo’ldi.

Uchrashuvda tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.