Toshkent shahridagi Inha universitetida Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

15 fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida buyuk davlat arbobi, shoir Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda chet ellik professor-o‘qituvchilar, ma’muriyat, universitet xodimlari, talabalar va taklif etilgan mehmonlar ishtirok etishdi. Talabalar milliy kuy va raqslarni, Boburning g‘azallarini, uning hayotini aks ettiruvchi hikoyalarini ijro etishdi.