Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi yotoqxonasi ochildi

Joriy yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi yotoqxonasi talabalar uchun o‘z eshiklarini ochdi. 
 
Xostelda 200 o‘rin mavjud bo‘lib, ulardan 150tasi o‘g‘il bolalar uchun, 50tasi qizlar uchun mo‘ljallangan.
Har bir turarjoy qavatida istiqomat qiluvchilar uchun xonalar, shu jumladan o‘quv xonalari mavjud; barcha kerakli uskunalar bilan jixozlangan oshxonalar: muzlatgich, mikroto‘lqinli pech, plita; ovqatlanish xonasi; xammom; xojatxona. Wi-Fi nuqtalari va xavsizlik tizimi bilan ham ta’minlangan.
Yotoqxona ichki jihozlanishi samarali tashkil etilishi uchun INHA universiteti (Koreya Respublikasi) tajribasi birinchi marta qo‘llanildi.