Toshkent shahridagi maktab o‘qituvchilari uchun “Ta’limda raqamlashtirish” kurslari yakunlandi

2021-yil 8-noyabrdan 2022-yil 31-yanvarga qadar Toshkent shahridagi Inha universitetida Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 193-son va Yunusobod tumanidagi 220-umumta’lim maktablari o‘qituvchilari ishtirokida 3 oylik “Raqamli savodxonlik” malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar Toshkent shahridagi Inha universitetining malakali o‘qituvchilari tomonidan matematika, fizika, informatika va ingliz tili kabi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borildi.
2022-yil 4-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori M.Djalalov tomonidan Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 193-son va Yunusobod tumani 220-sonli umumta’lim maktablari o‘qituvchilariga “Ta’limni raqamlashtirish” yo‘nalishi bo‘yicha uch oylik kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, TshIU va yuqorida qayd etilgan umumta’lim maktablari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Apply Now! (Foreign) Apply Now! (Domestic) Telegramda murojat Qo'ng'iroq qiling!