TShIU, Xalqaro IT universiteti va Logistika va transport akademiyasi o‘rtasida memorandumlar imzolandi

2022-yil 13-may kuni Markaziy Osiyo davlatlari rektorlari 2022 forumi doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov Xalqaro IT universiteti va Logistika va transport akademiyasi bilan ikkita memorandum imzoladi.

Imzolash davomida tomonlar umumiy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, talabalar almashinuvi va o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldilar.