TShIUda Cyber Hankuk xorijiy tillar universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

4-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Koreyaning Cyber Hankuk Chet tillar universiteti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov mehmonlar uchun TShIU haqida taqdimot o‘tkazdi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, yotoqxona, o‘quv xonalarining jihozlanishi, talaba va bitiruvchilar erishayotgan yutuqlar haqida gapirdi.

Tomonlar O‘zbekiston-Koreya hamkorlik munosabatlarini yanada takomillashtirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Eslatib o‘tamiz, Cyber Hankuk Chet tillar universiteti Koreyadagi tilshunoslik, ijtimoiy, madaniy va mintaqaviy tadqiqotlarni birlashtirgan xorijiy tillarga ixtisoslashgan yagona kiber universitetdir.