TshIUda «ESMT Berlin» biznes maktabi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

8 sentyabr kuni Toshkentdagi Inha universitetida Germaniyaning birinchi biznes maktabi bo’lgan ESMT Berlin biznes maktabi vakillari bilan onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.

Onlayn uchrashuvda doktor Franziska Frank (ESMT hamkor dasturi direktori), doktor Kristof Mangold (Mangold Consulting GmbH boshqaruvchi direktori), Oybek Shayxov (EUROUZ bosh kotibi), shuningdek Toshkentdagi Inha universiteti rahbariyati ishtirok etishdi.

Uchrashuvda tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.