TShIUga “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumi kotibiyati delegatsiyasi tashrif buyurdi

2022-yilning 25-avgust kuni Ri Jong Kuk ijrochi direktori boshchiligidagi “Koreya-Markaziy osiyo” hamkorlik forumi kotibiyati delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.
Universitetda delegatsiyani TShIU rahbariyati va talabalari kutib oldi. So‘ngra Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov boshchiligidagi rahbariyat bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Ri Jong Kuk ijrochi direktori Toshkent shahridagi Inha universiteti yoshlari uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar haqida to’xtalib o’tdi. Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikka qiziqish bildirdi.