Xalqaro ekspert Timur Abdullayev TshIUa motivatsion uchrashuv o‘tkazdi

24-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida tadbirkor va xalqaro ekspert Timur Abdullayev bilan motivatsion uchrashuv bo‘lib o‘tdi!

Ma’ruzachi biznes, ta’lim, hayot va sportda o’z qoidalarini yaratish, motivatsiya va o’z-o’zini tarbiyalash haqida gapirdi.

Timur Abdullayev – tadbirkor, restavrator, xalqaro ekspert va maslahatchi, Savdo-sanoat palatasining Gruziya va Chexiyadagi vakili, Rossiya restavratorlar va mehmonxona xo’jaliklari federatsiyasining O’zbekistondagi vakili.