⚖️TShIUda “Zakovat” turniri bo‘lib o‘tdi

29-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Zakovat” intellektual o‘yini turnirining yarim final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnirda 6 kishidan iborat 13 ta jamoa ishtirok etdi.
O’yinda talabalar faol ishtirok etib, eng qiyin savollarga javob topishdi. Eslatib o’tamiz, “Zakovat” – 20 yillik tarixga ega bo’lgan intellektual o’yindir. “Zakovat” o‘yini davomida jamoalarga bir paytni o’zida bir xil savol beriladi, jamoalar o‘z javoblarini berilgan vaqt davomida  savollarga javob berishlari lozim bo‘ladi.
Keyingi o’yinlarda jamoalarga omad tilab qolamiz!