✨🎄Sizni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Yangi yil – o‘ziga xos, sevimli bayram. Bu biz birgalikda muvaffaqiyat quvonchini baham ko‘radigan, yil sarhisobini oladigan va kelajak uchun rejalarini aniqlaydigan vaqt.

Kirib kelayotgan yil omad, yaxshi kayfiyat olib kelsin, yorqin g‘oyalarga boy bo‘lsin va barcha ezgu orzularingizni ro‘yobga chiqarsin! Har biringizning niyat va maqsadingizga erishishingizni tilayman. Baxt, farovonlik va yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo‘lsin!

🥳Kirib kelayotgan 2024 yil muborak bo‘lsin!

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov