✨2021-yil natijalari✨

Toshkent shahridagi Inha universiteti jamoasi o‘zining oldingi yillaridagi kabi o‘quv jarayonini sifatli o‘tkazish, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun zarur qulayliklar yaratish uchun imkon qadar sa’y-harakatlarini yo‘naltirishda davom etdi. O‘tgan yili biz bir qator muhim loyihalarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldik. 2021-yilda amalga oshirilgan ishlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha erishilgan natijalar nuqtai nazaridan, yil samarali bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi!
Ushbu videoda siz yakuniga yetayotgan yilning eng yorqin voqealarini ko’rishingiz mumkin. E’tiboringizga videoni havola etamiz!
Videoni ushbu havola orqali tomosha qiling.