🌟Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Sochida boʻlib oʻtgan moliyaviy xavfsizlik boʻyicha xalqaro olimpiadada sovrinli oʻrinni egalladi!

Sochida bo‘lib o‘tgan talabalar olimpiadasida moliyaviy ta’minot yo‘nalishida O‘zbekiston nomidan Toshkent shahridagi Inha universitetining 2-bosqich talabasi Sarvar Bazarov ishtirok etdi.
Sarvar Bazarov Inha universiteti talabalari tomonidan tashkil etilgan kiberxavfsizlik klubining a’zosi bo’lib, klubning o’quv va kiber treninglarida doimiy ravishda ishtirok etib keladi.
Kuchli raqobatda Sarvar umumiy reytingda sovrinli 🥈 va 🥉 o’rinlarni egalladi! Uning moliyaviy xavfsizlik sohasidagi ajoyib yutuqlari uni 19 mamlakatdan kelgan eng yaxshi ishtirokchilar qatoriga kiritib, kiberxavfsizlik sohasida kuchli bilim va tajribani namoyish etdi.
Sarvarning muvaffaqiyati uning ajoyib iste’dodini aks ettiradi va mamlakatimiz, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Kiberxavfsizlik klubining mahoratini namoyish etadi.
Sarvarni tabriklaymiz! Uning yutug’i yoshlar uchun namuna bo’lib xizmat qiladi va jahon miqyosida munosib o’rnini egallashi mumkin bo’lgan kiberxavfsizlik bo’yicha mutaxassislarning malakasini ta’kidlaydi.