🔹2014-yil 24-mart eng unitilmas kunlardan biridir, chunki aynan shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahrida Inha universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan.

Bu yil biz 10 yoshga to’lamiz!
Koreya Respublikasidan tashqarida birinchi koreys universiteti tashkil etilganiga 10 yil bo’ldi. Shu kundan boshlab ta’limning mutlaqo yangi bosqichi, yangi tarixi dunyoga keldi va bu, o‘z navbatida, IT sohasining sifat jihatidan rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. O‘tgan yillar davomida universitet sifatli dasturlar va noyob ta’lim imkoniyatlarini taklif etib,  axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori malakali mutaxassislar va hatto magistrlarni tayyorlashga katta hissa qo’shib kelmoqda. Biz doimo rivojlanish va mukammallikka intilamiz!