Universitet talabalar jamoasi 2022-yil 18-maydan 20-maygacha Moskvada boʻlib oʻtadigan amaliy xavfsizlik boʻyicha xalqaro forum “Positive Hack Days”da ishtirok etishmoqda.
PHDaysda turli mamlakatlardan dasturchilar, kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertlar, yirik xalqaro kompaniyalarning CIO va CISO vakillari, banklar, telekommunikatsiyalar, neft-gaz, sanoat va IT-kompaniyalarining yetakchi mutaxassislari ishtirokida yopiq va ochiq davra suhbatlari, laboratoriya ustaxonalarida mahorat darslari o’tkazilmoqda.