2022-yil 8-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida vazir Toshqulov A.X. bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Inha universiteti (Koreya) delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Delegatsiya tarkibida Inha universiteti prezidenti janob Cho Myon Vu, prorektorlar, shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori M.Djalalovlar qatnashdilar. Uchrashuvda tomonlar Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim va axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.