15-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida CCSA – Security Administrator R82 kursi boshlandi

Toshkentdagi Inha universiteti talabalari kiberxavfsizlik va tarmoq infratuzilmasini himoya qilishga bag‘ishlangan yangi Check Point Certified Security Administrator (CCSA) – R82 kursi doirasida o‘qishni boshladilar.

Ushbu kurs Quantum Security Environment — axborot xavfsizligi sohasidagi yetakchi xalqaro platformalardan biri bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba beradi. Ta’lim jarayonida talabalar xavfsizlik tizimlarini sozlash va boshqarish, tarmoq trafikini monitoring qilish, security policies, HTTPS Inspection, Application Control, URL Filtering va boshqa zamonaviy himoya vositalari bilan ishlashni o‘rganadilar.