19-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Britaniya va Italiya dasturlari bo‘yicha abituriyentlar uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu kunda talabgorlar Britaniya dasturi doirasida “Biznes boshqaruvi” hamda “Axborot texnologiyalari”, shuningdek Italiya dasturi bo‘yicha “Kompyuter muhandisligi” yo‘nalishlari bo‘yicha imtihon topshirdilar.

Imtihon jarayoni Britaniya akademik hamkorlari vakillari nazorati ostida o‘tkazildi, bu esa xalqaro standartlarga muvofiqlik, baholashning xolisligi va shaffofligini ta’minlaydi.

Avvalroq, 18 va 19-aprel kunlari universitetda Koreya dasturi bo‘yicha “Kompyuter va dasturiy injiniring” hamda “Biznes va logistika” yo‘nalishlari bo‘yicha birinchi kirish imtihonlari o‘tkazilgan edi.