Toshkent shahridagi Inha universitetida “Ota-onalar kongressi” bo‘lib o‘tdi. Ota-onalarga universitetning o’quv rejalari haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, universitet nomidan xalqaro va nufuzli olimpiadalarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallab, universitetning jamoat hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, yuqori o‘quv natijalarini ko‘rsatayotgan talabalarning ota-onalariga ham minnatdorchilik bildirildi.