10-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Maʼnaviyat va maʼrifat” marafoni bo’lib o’tdi. Marafon doirasida milliy liboslar koʻrgazmasi, milliy kuy va qoʻshiqlar, kitoblar ko’rgazmasi, shuningdek, sport tadbirlari kabi madaniy tadbirlar oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda universitet talabalari va xodimlari faol ishtirok etishdi.