2022-yil 22-noyabr kuni tayyorlov kurslari talabalari uchun MOCK imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Mock Exam – bu abituriyentlarga o’zini haqiqiy imtihon muhitida bo’lgandek his qilish imkonini beruvchi IELTS sinov imtihoni.
Deyarli barcha talabalar sinovdan o’tgandan so’ng, ular uchun haqiqiy imtihonlarni topshirish osonroq va qulayroq bo’lishini ta’kidlashdi, chunki ular nafaqat tayyorgarlik ko’rganlari va  test formatini bilganlari, balki testni allaqachon topshirib ko’rib va keyingi bosqichda nima bo’lishini tushunganlari uchun ham.
Barcha imtihon topshirgan abituriyentlarga yaxshi natijalar tilab qolamiz!