2023-2024 o’quv yilida bepul yoki qisman bepul ta’lim olish imkoniyatlari

▫️Davlat grantlari
Bu yil Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi kurs talabalari uchun 90 ta davlat granti ajratildi. Bu qabul qilingan talabalar umumiy sonining 20 foizini tashkil qiladi.
▫️IUT Akademik stipendiyasi
Toshkent shahridagi Inha universitetida Akademik stipendiya har semestr oxirida eng yuqori GPA (o’rtacha baholar ko’rsatkichi) reytingiga ega bo’lgan talabalarga taqdim etiladi.
Har semestrda har ikki fakultetda 15 nafar talaba akademik stipendiyaga ega bo’lishi mumkin.
Kompyuter va dasturiy injiniring fakultetida (SOCIE) 10 nafar talaba;
Logistika fakultetida (SBL) 5 nafar talaba akademik stipendiya uchun ariza topshirishi mumkin.
▫️Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi
5 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi grantini yutib olishi mumkin.