2024 yil Koreyadagi INHA universiteti va Toshkent shahridagi Inha universitetlari uchun alohida ahamiyatli bo’lishi kutilmoqda.

Jumladan, ushbu yilda Koreyadagi Inha universitetining  tashkil etilganligining 70 yilligi nishonlansa, Toshkent shahridagi Inha universitetining 10 yillik yubileyi keng nishonlash ham ko’zda tutilgan.
Koreyadagi INHA universiteti fan va texnologiya rivojiga salmoqli hissa qo‘shib, mamlakatdagi yetakchi ta’lim muassasalaridan biriga aylanib ulgurgan. O’zining 70 yillik yorqin tarixi davomida universitet turli sohalarga munosib hissa qo’shgan ko’plab muvaffaqiyatli bitiruvchilarni tarbiyaladi va tarbiyalab kelmoqda.
O‘z navbatida Toshkent shahridagi Inha universiteti ham o‘zining o‘n yilligini nishonlamoqda. O‘tgan yillar davomida universitet sifatli dasturlar va noyob ta’lim imkoniyatlarini taklif etib, talabalarni o‘qitish va malakali mutaxassislarni tayyorlashga katta hissa qo’shib kelmoqda.
Ikki yetakchi universitet ham o’zlarining muvaffaqiyatli bitiruvchilari bilan faxrlanadilar, ular ishonch va muvaffaqiyat bilan o’z martabalarini shakllantirib va jamiyatga samarali hissa qo’shib kelmoqdalar.