Joriy yilning 6-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida GameFest tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir kompyuter oyinlari ishlab chiquvchi talabalarga va ushbu yonalishda yetarli ko’nikmalarga ega bo’lgan dasturchilarga mo’ljallangan. Tadbirda o’z nutqi bilan Toshkent shahridagi Inha universiteti rekori Muzaffar Djalalov hamda Doomer Entertainment, Veronica, ITIC- IT Investment Center, IT Park va East games tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir so‘ngida talabalar ma’ruzachilarga qiziqarli savollar berish, ularning tajriba va maslahatlarini tinglash imkoniga ega bo‘ldilar.