23–24-may kunlari Toshkent shahridagi Inha Universiteti Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Ko‘rgazma davomida bokulik abituriyentlar va tashrif buyuruvchilar universitetning ta’lim dasturlari, qabul talablari, xalqaro dasturlar hamda talabalik hayoti haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Tashrif doirasida Toshkent shahridagi Inha Universiteti Ingla International School bilan hamkorlik memorandumi imzoladi. Mazkur memorandum abituriyentlarni jalb qilish, o‘quvchilarga kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘maklashish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda bo‘lajak talabalarni xalqaro ta’limga tayyorlashga qaratilgan qo‘shma loyiha va tadbirlarni tashkil etishni nazarda tutadi.