28-aprel kuni, Toshkent shahridagi Inha universiteti Koreya Respublikasining Gyeongsangbuk-do hukumati bilan «Regional Visa» loyihasi doirasida memorandum imzoladi.

Mazkur kelishuv akademik almashinuv, inson kapitalini rivojlantirish hamda talabalar va bitiruvchilar uchun yangi xalqaro imkoniyatlarni yaratish sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Shuningdek, oliy ta’lim sohasidagi qo‘shma tashabbuslar va talabalar mobilligini qo‘llab-quvvatlovchi dasturlarni kengaytirishga xizmat qiladi.