28-noyabr kuni Toşkent şahridagi Inha Universitetida 9-bitiruv marosimi bölib ötdi

Bu yil Toşkent şahridagi Inha universitetida 300 nafardan ortiq bitiruvçi öqişni muvaffaqiyatli yakunlab, özlarining akademik va kasbiy faoliyat yölidagi muhim bosqiçni qarşilaşdi.

Marosimda bitiruvçilar, ularning ota-onalari va yaqinlari, universitet rahbariyati, faxriy mehmonlar, professor-öqituvçilar hamda akademik hamjamiyat vakillari iştirok etib, 2026-yil bitiruvçilarining yutuqlarini nişonladilar.

Tadbirda Özbekiston va Koreya Respublikasi vakillaridan iborat faxriy mehmonlar iştirok etdi. Ular orasida Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri – Şerzod Şermatov, Jeongseok Inha Foundation raisi – Sung Yong Rak, INHA universiteti prezidenti – Çoi Keeyoung, vazir-maslahatchi va Boş konsul – Hyun Mijoo, INHA Bitiruvçilar uyuşmasi prezidenti – Kim Jong Woo, şuningdek, Toşkent şahridagi Inha universiteti rektori – Bobur Abdullayev, professor-öqituvçilar va boşqa faxriy mehmonlar bor edi.

Marosim tantanali saf tortiş bilan boşlandi. Şundan söng Özbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining davlat madhiyalari yangradi. Soobong Şin tomonidan universitetning qisqaça akademik hisoboti taqdim etildi.

Faxriy mehmonlar öz tabrik nutqlarida xalqaro akademik hamkorlik, ta’lim sifati va Inha universitetining Özbekiston uçun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaşdagi hissasini alohida ta’kidladilar.

Şuningdek, Janubiy Koreyaning ilk kosmonavti, Xalqaro Kosmik Universitet (ISU) professori Dr. Yi So-yeonning maxsus video tabrigi namoyiş etildi.

Marosim davomida yuqori akademik natijalari, yetakçilik qobiliyatlari, innovatsion loyihalari hamda universitet hayotidagi faol iştiroki bilan ajralib turgan bitiruvçilar taqdirlandi. Mukofotlar Janubiy Koreyadagi  INHA universiteti prezidenti, Raqamli texnologiyalar vaziri hamda Toşkent şahridagi Inha universiteti rektori tomonidan topşirildi.

Toşkent şahridagi Inha universiteti rektori Bobur Abdullayev öz nutqida uşbu kun nafaqat bitiruvçilar, balki universitet tarixida ham muhim bosqiç ekanini ta’kidlab, diplom oliş ta’lim yölining yakuni emas, balki yangi kasbiy faoliyatning boşlanişi ekanini qayd etdi.

«Bugungi kun nafaqat sizlarning hayotingizda, balki universitetimiz tarixida ham muhim bosqiç hisoblanadi. Ta’lim oliş davomida siz xalqaro ta’lim standartlari, bilimga intiliş va yangi imkoniyatlarga oçiqlik tamoyillariga asoslangan akademik hamjamiyatning bir qismiga aylandingiz.

Toşkent şahridagi Inha universiteti zamonaviy dunyo muammolariga munosib javob bera oladigan yangi avlod yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlaş maqsadida taşkil etilgan. Bugun siz uşbu avlodning bir qismiga aylanmoqdasiz.

Qölga kiritgan diplomingiz yakuniy manzil emas, balki katta kasbiy yölning boşlanişidir. Sizlarni rivojlanişdan töxtamaslikka, qiziquvçanlikni saqlab qolişga, öz ğoyalaringizni dadil amalga oşirişga va olgan bilimlaringizni amaliyotda qöllaşga çorlayman.

Unutmang, siz har doim Inha universitetining katta oilasi a’zosi bölib qolasiz. Biz sizlarning yutuqlaringiz bilan faxrlanamiz va oldinda sizlarni ulkan muvaffaqiyatlar kutayotganiga işonamiz. Har biringizga yetuk mutaxassis bölib şakllanişingizni va Özbekiston kelajagiga öz hissangizni qöşişingizni tilayman».

Dastur davomida professor-öqituvçilarining video tabriklari, talabalar vakilining nutqi hamda talabalarning maxsus video tabrigi namoyiş etildi. Marosim yakuniy nutqlar va barça iştirokçilar bilan esdalik fotosuratiga tuşiş bilan yakunlandi.

Toşkent şahridagi Inha universitetining barça bitiruvçilarini samimiy tabriklaymiz!

Universitetda egallagan bilim va tajribangiz kelajakdagi muvaffaqiyatli faoliyatingiz uçun mustahkam poydevor bölib xizmat qilsin! Yangi marralarni dadil zabt etib, Özbekiston va xalqaro hamjamiyat rivojiga munosib hissa qöşişingizni tilaymiz!

Apply Now! (Foreign) Apply Now! (Domestic) Telegramda murojat Qo'ng'iroq qiling!