Toshkent shahridagi Inha universitetida 2022-yil 14-fevral kuni oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda mehmonlar, universitetda faoliyat yuritayotgan xorijiy professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalar ishtirok etishdi. Tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan g’azal va sahna ko’rinishlari mehmonlarni xushnud etdi.
Tadbir so’ngida faol talabalar sertifikat bilan taqdirlandilar.
Apply Now! (Foreign) Apply Now! (Domestic) Telegramda murojat Qo'ng'iroq qiling!